Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning   navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini 2023 yil 22 iyun kuni, soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

1.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.

4.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha Boshqaruv hisobotini tasdiqlash.

5.     “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

6.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini, jumladan  buxgalteriya balansini, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

7. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2016-2022 yillar yakuni buyicha foydasini taqsimlash.

8.    “Madad Invest Bank ”aksiyadorlik tijorat banki ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yuli bilan o‘z kapitali hisobidan ko‘paytirish va qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish haqida qaror qabul qilish.

9.    “Madad Invest Bank ”aksiyadorlik tijorat banki qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarning joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlarini belgilash.

10.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash.

11.                  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

12.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisini tayinlash.

13.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining kundalik ho‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida (joriy ho‘jalik faoliyati bilan bog‘liq) affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni kelgusida Bank tomonidan mustaqil amalga oshirish uchun aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan (kutilayotgan) bitimlarni aniqlash va maqullash.

14.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida»gi, “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi, "Boshqaruvi to‘g‘risida"gi va "Taftish komissiyasi to‘g‘risida"gi Nizomlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023 yil 25 maydagi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2023 yil 16 iyun kuni holatiga hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro‘yxati 2023 yil 25 may kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2023 yil 22 iyun kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-31, +998-73-241-70-39.

Bank Kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь